ico
ico


+998 71 210 44 44
ga qo'ng'iroq qiling

Qo'ng'iroq qiling Qaytar
qo'ng'iroq
Bizning Uylar

Kompaniya haqida

BIZNING UYLAR DEVELOPMENT

Bizning Uylar Development– bu qurilish brendi bo‘lib, anʼanaviy turmush tarzini saqlab qolgan holda aholi farovon hayoti uchun qulay va talabgir koʻchmas mulkni bunyod etadigan kompaniya. Kompaniya bunyodkorlik ishlarida aholi ehtiyoji va talablarini hisobga olib uy-joy qurishni o‘z ustuvor vazifasi deb hisoblaydi.
Kompaniya bu borada zarur ishlarni — loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va qurilish ruxsatnomalarini olishdan to uyni foydalanishga topshirishgacha bo‘lgan barcha jarayonlarni amalga oshiradi.

Ishni to‘liq bosqichda
amalga oshiramiz

ico

Obyektning joylashgan joyini
aniqlash va smetasini tuzish

ico

Loyihani ishlab chiqish

ico

Obyekt ishlashini boshqarish

ico

Qurilish jarayonini
nazorat qilish

ico

Obyektni ishga tushirish

Idea

Bizning ustuvor vazifamiz - qulay va barcha zamonaviy talablarga javob beradigan xonadonlarni barpo etishdan iborat.

Idea

Brendning asosiy g'oyasi

Hozirgi kunda ko‘chmas mulk qurilishi mamlakatimiz taraqqiyotiga ulkan ijobiy ta'sir ko‘rsatmoqda. O‘zbekistonda xalqimizning farovon yashashi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va turmush darajasini yuksaltirishga qaratilgan ulkan qurilish ishlari amalga oshirilmoqda.

Bizning Uylar Development kompaniyasi zamonaviy turar joy majmualarini quradi. Shu bilan birga aholining an’anaviy turmush tarzini saqlab qolish tendensiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Kompaniyaning ustuvor vazifasi qulay va talabgir, asosiysi hamyonbop uy-joylar bunyod etishdir.

Bizning hamkorlarimiz
Kompaniyamiz yuqori darajadagi ko‘chmas mulkni bunyod etish uchun barcha g'oyalarni amalga oshirishga intiladi. Ishimizdagi muhim afzallik barcha vazifalarni sifatli va o‘z vaqtida bajarishdir. Bu ishonch uchun kafolat bo‘ladi.
Meca

Mesa Mesken 1969 yildan beri faoliyat olib boradi. Mazkur kompaniya o‘zini boshqaruv va qurilish ishlarida zamonaviy yondashuvga ega ishonchli hamkor sifatida namoyon qilgan. Kompaniyaning ekspertlari Germaniya, Turkiya, AQSh, Rossiya va Qozog'istonda faoliyat yuritadi. Unda 4000 dan ortiq malakali xodimlar ishlaydi. Kompaniya shu vaqtgacha 10 000 000 kvadrat metrdan ortiq yashash maydonini bunyod etgan.

Spiga

Landshaft me’morligi yo‘nalishida faoliyat yuritadigan kompaniya. U 2007 yilda tashkil etilgan va o‘shandan beri estetik hamda betakror landshaftlarni yaratish uchun keng ko‘lamli xizmatlarni taqdim etib kelmoqda. Kompaniya taniqli xalqaro investorlar, arxitektorlar va kompaniyalar bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qiladi.

Iki

Discover Invest O‘zbekiston qurilish bozoridagi yetakchi kompaniyalardan biridir. O‘zining 10 yillik faoliyati davomida kompaniya 70 dan ortiq arxitektura loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirdi.

Iki

Iki Design Group 1995 yilda tashkil etilgan va o‘shandan beri zamonaviy me’morlikka o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Kompaniya ekologik muammolarga muvaffaqiyatli yechim bo‘ladigan energiya tejamkor dizayn yaratishga ixtisoslashgan. Oxirgi 20 yil ichida Iki Design Group 30 000 000 kvadrat metrdan ortiq maydonni loyihalashtirgan.